Joriy yilning 28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masallalariga oid o‘quv amaliy semenari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masallalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Maʼlumotlar havfsizligi masallalari boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.