21/03/2024

  

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!

Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bugungi Navro’z ayyomini ko’tarinki kayfiyatda o’tkazishlaringizni tilab qolaman.

Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin!

Yana bir bor Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!

 

Bobur Abduzoirovich Choriyev

Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i