21/03/2024

O‘zaro mehr-oqibat, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan Navro‘z – Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi.

Ana shunday ezgu g‘oyalarni mujassamlashtirgan Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, sihat-salomatlik, qut-baraka olib kelsin!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ahil jamoasi Navroʻz umumxalq bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi

original_p35857