Joriy yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar yetkazildi:
2024-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114--son qarorining mazmun mohiyati xodimlariga to`liq yetkazildi.