Joriy yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida B. Xayinov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
Siyosiy-ma’rifiy soati”,
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.11.2024 yildagi 804-son
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.11.2024 yildagi 801-son
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma B. Xayinov tomonidan batafsil javoblar berildi.