Joriy yilning 2–6-dekabr kunlari Turkiya Statistika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi va Turkstat ekspertlari ishtirokida hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida “Xalqaro savdo va turizm statistikasi” mavzusida o‘quv kursi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Turkiya statistika instituti prezidenti o’rinbosari Abdullah Yüksel boshchiligidagi Turkstat xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 10 nafar ishtirokchidan iborat delgatsiyasi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi eksperti Abdulkadir Abukan ishtirok etishdi.
O‘quv kursi davomida tashqi savdo statistikasi, xizmatlar tashqi savdosi statistikasi hamda turizm statistikasi yo‘nalishlarida Turkiya statistikasi tajribasi o‘rganilmoqda.
Tadbir yakunida trening ishtirokchilari Turkiya Statistika instituti va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro savdo va turizm yo‘nalishida malaka oshirganlik sertifikati bilan taqdirlanadilar.