29/11/2024

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 26 875,0 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 26 595,6 mlrd. so‘mni (103,8 %), o‘rmon xo‘jaligi - 191,6 mlrd. so‘mni (103,2 %), baliqchilik xo‘jaligi - 87,8 mlrd. so‘mni (107,1 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Surxondaryo viloyatining ulushi 8,3 % ni tashkil etdi.