29/11/2024

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 13 928,7 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 82,4 % yoki 11 480,4 mlrd so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 17,6 % yoki 2 448,3 mlrd so‘m moliyalashtirildi.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2 115,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 11 813,1 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.