2024-yilning 28-noyabr kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi tomonidan Aholini roʻyxatga olish va uni o'tkazish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlim boshligʻi T. Mamatmuratov, bo'limning mas'ul xodimlari, universitet professor oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Muloqot davomida aholini roʼyxatga olish toʻgʻrisidagi Prezident farmon, qaror va qonunlari hamda tadbirning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada koʻrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida soʻz yuritildi.
Tadbir mobaynida mavzu boʻyicha berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.