18/11/2024

Mamlakat suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida davlat bayrog‘i alohida ahamiyatga ega. Chunki, bayroq xalqning o‘tmishi va buguni, mustaqilligi va tinchligi hamda barqarorligining timsolidir.

 1991-yil 18-noyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.

Bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mamlakatimiz a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, elchixonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi.

 Bayrog‘imiz turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro tadbir va sport musobaqalarida ham Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin ifoda etmoqda.

 O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Zero, bayroq - hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzidir!