12/11/2024

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 410 ta yoki 85,8 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:

ushbu sohadagi korxonalar sonining 96,0 foizi sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi;

yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,9 foizni tashkil etdi;

yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 1,1 foizini tashkil etdi.