06/11/2024

Joriy yilning 29-oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma bo'lim boshliqlari va shahar, tuman statistika bo'lim boshliqlari ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Unda viloyatimiz yalpi hududiy mahsulotlarining 9 oylik natijalari va O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentabroylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot(keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 38 732,2 mlrdso‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-sentabr oylari bilantaqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023-yilning yanvar-sentabr oylarinarxlariga nisbatan 110,6 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 3,8 % ga yetdi.