2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 151,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,8 % ga o‘sgan.
Sanoat tarmog‘ining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 2 % ni tashkil etgan.
Sanoat tarmog‘ining YAIMdagi ulushi 27,8 % ga yetgan.
Sanoat tarmog‘ining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy (75,1 %) va Toshkent (49,2 %) viloyatlarida kuzatilgan.