27/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston — 10 701 nafar;

Rossiya — 6 032 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 2 408 nafar;

Turkiya — 1 640 nafar;

Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

Qozogʻiston — 1 102 nafar;

Xitoy — 507 nafar;

Buyuk Britaniya — 475 nafar;

AQSH — 355 nafar;

BAA — 238 nafar;

boshqa davlatlar — 974 nafar.

27_09_2024-ish-masadida-ketgan_p37298