2023- yilda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 41 249 tani (yoki jamiga nisbatan 9,9 %) tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘pi Toshkent shahri (12 055 ta), Toshkent viloyati (5 305 ta), Samarqand viloyati (3 723 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3 202 ta) hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.