15/09/2024

Atlas ko‘lak kiyib olsa bir bor qarang,
Uzun kokil sochlaridan hamma garang.
Otabekni Majnun qilgan shirin so‘zlar,
Bizning Kumush o‘sha sodda qizlar.

 Joriy yilning 9-14-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan “Xon atlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu kunlarda yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xon atlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xon atlas – 2024” festivali boshqarmada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashishdi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 Axborot xizmati