11/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston — 51 603 nafar;

Qozogʻiston — 7 735 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 6 218 nafar;

Rossiya — 1 135 nafar;

Turkmaniston — 587 nafar;

Turkiya — 24 nafar;

Afgʻoniston — 19 nafar;

Ozarbayjon — 9 nafar;

boshqa davlatlar — 61 nafar.

09092024-davolanish-maksadida