10/09/2024

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi:

Surxondaryo viloyatida – 84,9 %;

Sirdaryo viloyatida – 61,3 %;

Farg‘ona viloyatida – 57,7 %;

Xorazm viloyatida – 57,5 %;

Buxoro viloyatida – 50,5 %;

Jizzax viloyatida – 50,2 % ni tashkil etgan.

06_09_2024-kichik-tadb_