2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 268,1 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 21,3 trln soʻm;
moliyaviy xizmatlar – 62,7 trln soʻm;
transport xizmatlari – 58,9 trln soʻm;
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 10,5 trln soʻm;
savdo xizmatlari – 59,7 trln soʻm;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 6,8 trln soʻm;
taʼlim sohasidagi xizmatlar – 11,9 trln soʻm;
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 4,9 trln soʻm;
ijara xizmatlari – 4,2 trln soʻm;
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 4 trln soʻm;
shaxsiy xizmatlar – 6,4 trln soʻm;
meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 4,3 trln soʻm;
boshqalar – 12,5 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.