12/07/2024

2024-yilning yanvar-may oylarida avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 52,1 % ni yoki 11 trln soʻmni tashkil etgan.

Avtomobil transportida yoʻlovchi tashishning umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 80,5 % ni tashkil etdi.

Hududlar orasida ushbu xizmat turi umumiy hajmida Toshkent (17,4 %), Samarqand (16,3 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (15 %) nisbatan yuqori ulushga ega.

taksi-khizm__p18965