30- iyun – Oʻzbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 28- iyun kuni “Rahbar va yosh statistika xodimlari” uchrashuvi oʻtkazildi.
Yigʻilishda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvarjonovich boshchiligida markaziy apparat yosh xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari va yosh mutaxassislari onlayn ishtirok etishdi.
Statistika agentligi direktori oʻrinbosari soʻzga chiqib, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir maqsad va vazifalarga hamda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga batafsil to'xtalib o'tdi.
Uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birgalikda, o'z taklif va mulohazalarini ham bildirishdi.