01/07/2024

Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

Yigʻilishda Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ikramov Agzam Anvarjonovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari mutaxassislari onlayn ishtirok etishdi.

Statistika agentligi direktori oʻrinbosari soʻzga chiqib, ishtirokchilarni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishga doir ustuvor vazifalar, ayniqsa, strategiyada belgilangan Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir maqsad va vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Axborot xizmati rahbari 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va mazkur strategik hujjatni tasdiqlashga oid Prezident farmoni haqida batafsil maʻlumot berdi.

Yigʻilish yakunida  ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.