28/06/2024

Joriy yilning 28-iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan xodimlarga 2024-yil 21-iyun kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-228-son qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.