28/06/2024

Aholini ro‘yxatga olish ishlarining samarali va maqsadli tashkil etilishi hamda respondentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq shakllantirilishiga erishishda so‘rovnomalarning mazmuni muhim ahamiyatga ega.

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21- moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati - аholini ro‘yxatga olish dasturi va uning tarkibi belgilab berilgan.

Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish ishlari ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan quyidagi besh xil shakldagi so‘rovnomalar asosida olib boriladi:

 - turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati,

 - shaxsga oid savolnoma,

 - O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma,

 - aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma,

 - vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi.

Ushbu so‘rovnomalar asosida demografik ko‘rsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, ta’lim darajasi, uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid ma’lumotlar shakllantiriladi.