Joriy yilning 27-iyun kuni Statistika agentligi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshligʻi M. Satimov, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamkorligida, Termiz tumani statistika bo'limiga tashrif buyurib, statistika bo'limida olib borilayotgan ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bo'limda yuritiladigan 10 ta papka holati yangilanganligi, kuzatuv papkalarini mavjudligi, kataloglarning tikilganligi, yig'ma jildlarning yangilanganligi hamda stendlarda normativ huquqiy hujjatlarni joylashtirilganlik holati ko'zdan kechirildi. Bundan tashqari 114-sonli Prezident qaroridan tuman statistika bo'limi xosimlarining habardorligi, hisobotlarni elektron ma'lumotlar bazasini mavjudligi, savdo hamda sanoat sohasidagi kuzatuvlarni olib borilayotganligi bo'yicha suhbatlar o'tkazildi.