26/06/2024

Joriy yilning 26-iyun kuni Statistika agentligi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshligʻi M. Satimov, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi B. Choriyev va Narx statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi S. Mirzayeva bilan birgalikda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi "Yashil dunyo" oziq ovqat dehqon bozori hamda "Indenim" savdo majmuasida go'sht, sut, meva-sabzavot, quruq meva, dukkakli va boshqa mahsulotlar narxlari monitoringi o'tkazilib, narxlar planshet qurilmasida qayd etib borildi.