21/06/2024

Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

7j1a3100

Shuningdek, vebinarda xodimlarga xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

7j1a3102

7j1a3106

Vebinar yakunida Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.