20/06/2024

2024-yilning yanvar-may oylarida 15,1 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming nafarga yoki 21,9 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Janubiy Koreya fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

sayyohlik – 10 314 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 2 511 nafar;

xizmat yuzasidan – 1 786 nafar;

oʻqish – 266 nafar;

tijorat – 260 nafar.

rasm-12