2024-yilning yanvar-may oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 9 354,4 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,4 % ini tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,5 % ga oʻsgan.
Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yilning yanvar-may oylarida ularning ulushi 60,6 % ni tashkil etdi.