2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Hindiston — 2 090 nafar;
Turkmaniston — 1 627 nafar;
Tojikiston — 758 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 317 nafar;
Janubiy Koreya — 249 nafar;
Xitoy — 242 nafar;
Pokiston — 237 nafar;
Afgʻoniston — 132 nafar;
AQSH — 118 nafar;
Qozogʻiston — 102 nafar;
Boshqa davlatlar — 535nafar.