2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,8 ming nafarga yoki 43,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 24 018 nafar;
Qozogʻiston — 4 001 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 3 546 nafar;
Rossiya — 532 nafar;
Turkmaniston — 300 nafar;
Turkiya — 17 nafar;
Afgʻoniston — 15 nafar;
Moldova — 5 nafar;
Ukraina — 5 nafar;
Belarus — 3 nafar;
Boshqa davlatlar — 19 nafar.