10/06/2024

2024-yilning yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 39 888 mlrd soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi  boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori, yaʼni 23,1 % ni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 118,2 % darajasida qayd etildi.

Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 57,7 % ni yoki 22 995,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan Xorazm viloyatida moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabning yuqori oʻsish surʼati 137,7 % ni tashkil etdi.

k