07/06/2024

Surxondaryo viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan 345 ta korxonalardan 70 tasi qo‘shma korxonalar, 275 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Yetakchi o‘rinni 207 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Respublikasi egallagan. Bu viloyatda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 60,0 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, Viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Rossiya Federatsiyasi (ulushi 9,3 foiz), Tojikiston va Turkiya (ulushi 4,6 foizdan) va Xitoy (ulushi 3,8 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanishadi.