2024 yilning yanvar-mart oylarida 73,8 trln soʻm yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan 270,9 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
Shuningdek, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkichlar Navoiy viloyatida – hududdagi jami investitsiyalarning – 84,0 % ini, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida – 81,9 % miqdorida kuzatildi.