07/06/2024

Joriy yilning 7-iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. 
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori va  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi “"112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyati tashkil etish to‘g‘risida”gi 304-son qarorlarining mazmun-mohiyati yetkazildi.