2024-yil 3-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 29–31-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Ksiamen shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi (UNSD), hamda BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD), Xitoy milliy statistika byurosi va Xanchjoudagi Katta ma’lumotlar va rasmiy statistika uchun global ma’lumotlar markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Raqamli iqtisodiyotni o‘lchash” bo‘yicha beshinchi xalqaro seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda mazkur seminarda ishtirok etgan agentlikning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Gulboyev Komiljon Roziqovich ishtirokchilarni yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, raqamli iqtisodiyotning turli jihatlarini oʻlchash va tahlil qilish boʻyicha xalqaro metodologiyalar, tasniflar, statistik texnologiyalar va ilgʻor tajribalari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.