05/06/2024

Viloyatning meva-sabzavot eksporti 2024-yil yanvar-aprel holatiga, 96 507,2  tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan.

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlarga ko’ra, (https://t.me/surxondaryostatistika) meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari;

Pokiston 48,0 %,

Rossiya Federatsiyasi 41,0 %,

Afg’oniston 5,5 %,

Qozog'iston 1,3 %,

Belarus 1,0 % davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lumot uchun: 2024-yil yanvar-aprel oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 42 159,7 ming AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 27,0 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 57,7 % ni tashkil etdi.