05/06/2024

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, (https://t.me/surxondaryostatistika) 2024-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 22,9  ming tonna sabzavot ishlab chiqarildi.

2024-yil yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha sabzavot ishlab chiqarish:

Sherobod – 5 586 tonna;

Angor – 4 034 tonna;

Sariosiyo – 3 350 tonna;

Jarqo'rg'on – 2 354 tonna;

Termiz – 2 152 tonna;

Denov –  1 450 tonna;

Muzrabot – 1 234 tonna;

Qumqo'rg'on – 442 tonna;

Sho'rchi – 440 tonna;

Boysun – 412 tonna;

Oltinsoy – 412 tonna;

Bandixon – 370 tonna;

Uzun – 280 tonna;

Qiziriq – 180 tonna;

Termiz sh. – 159 tonna qayd yetildi.

Maʼlumot o‘rnida, sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 61,5 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilmoqda.