2024-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 41 132 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga oshgan.
Hududlar kesimida mazkur yoʻnalishda nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (7 822,1 mlrd soʻm), Toshkent (2 703,2 mlrd soʻm), Samarqand (2 593,7 mlrd soʻm), Fargʻona (1 879,4 mlrd soʻm) hamda Andijon (1 642,5 mlrd soʻm) viloyatlarida qayd etildi.