O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida, Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida 2024-yil 29-31-may kunlari shartnoma asosida “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur sayyor o‘quv kursida institut “Statistika” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.R. Djumaniyazov va Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining statistika hosobotlarini qabul qiluvchi mas'ullari o‘zlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.
Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisibotlarini tayyorlash va topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar ko‘rsatildi. Kurs yakunida faol tinglovchilarga namunadagi sertifikatlar topshirildi.