20/05/2024

2024-yilning I choragida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 5 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 % ini tashkil etdi.

2023-yilga nisbatan oʻsish surʼati 125,6 % darajasida qayd etildi.

Ushbu xizmatlar boʻyicha eng yuqori ulushni Toshkent shahri tashkil etdi – 46,6 %.

Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yilning yanvar-mart oylarida ularning ulushi 58,2 % ni tashkil etdi.