Joriy yilning 17-may kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-aprel kuni qabul qilingan “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmonining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.