17/04/2024

Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Statistika tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ustuvor vazifadir” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Botir Melikmurotov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonunning mazmun-mohiyatini hamda ushbu qonunni jamiyatda ijrosini ta’minlash yuzasidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 10 dan ortiq farmon va qarorlarini mazmuni haqida batafsil tushuntirib o‘tdilar. 

Seminar davomida statistika sohasida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda kurashish kerakligi ta’kidlandi. 

Statistika organlari o'z faoliyatida korrupsiyaviy omillarga nisbatan murosasiz kurashishda, barcha xodimlarning ko'nikmalarini oshirish maqsadida buklet, flayer va boshqa tarqatma materiallar xodimlarga tarqatildi.