Joriy yilning 2-aprel kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining faollar zalida tizim xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ullari hamda Viloyat hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi O. Sevarov qiziqarli va hayotiy ma’lumotlar asosida olib bordi.
Ma’ruzada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mavzu doirasidagi qonunchilik talablari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Davlatning bir maromda rivojlanishi uchun har bir fuqaro o‘z ishiga vijdonan yondoshishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi”ni o‘ziga singdirishi muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.