20/02/2024

Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar” boʻlimi xodimlari uchun yig‘ma statistika ko‘rsatkichlari, tahliliy ma’lumotlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5a4278

Shuningdek, vebinarda xodimlarga yig‘ma statistika m’lumotlarini shakllantirish, ularni o‘z vaqtida e’lon qilish va tarqatish, hududiy statistika boshqarmalarining rasmiy veb-saytlarida ma’lumotlarni yangilab borish, rasmiy statistika to‘plamlari va statistika byulletenlarini shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda shakllantirish va o‘rnatilgan tizim asosida eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2-7b5a4299

3-7b5a4275

Vebinar yakunida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar mavzulari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirish darajasi baholandi.

4-7b5a4280