Joriy yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Ikuko Uochi va boshqa ekspertlar qatnashdi.
Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, kambag‘allik darajasini hisoblash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilishdan iborat.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqilangan edi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari Jahon banki eksperti janob Avralt-Od Purevjav bilan 2023-yil uchun kambag‘allik darajasini hisoblash, yakunlash muddatlari va hozirgi holatini muhokama qilishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.