Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 280,2 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga oshgan.
Meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Andijon viloyati (20,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Fargʻona (13,8 %), Samarqand (13,1 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham meva va rezavorlar yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.