Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 25 250 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 136,8 foizga oshganligi va shu bilan birga 84,3 foizini (21 298 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda joylashdi:
🔷Termiz shahrida – 4 412 ta
🔷Denov tumanida – 2 959 ta
🔷Jarqo‘rg‘on tumanida – 1 962 ta
🔷Sherobod tumanida – 1 766 ta
🔷Sho‘rchi tumanida – 1 682 ta
🔷Qumqo‘rg‘on tumanida – 1 667 ta
🔷Sariosiyo tumanida – 1 531 ta
🔷Termiz tumanida– 1 483 ta
🔷Uzun tumanida – 1 406 ta
🔷Angor tumanida – 1 239 ta
🔷Boysun tumanida – 1 152 ta
🔷Muzrabot tumanida – 1 150 ta
🔷Qiziriq tumanida – 1 117 ta
🔷Oltinsoy tumanida – 1 064 ta
🔷Bandixon tumanida – 660 ta