Joriy yilning 27- oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
📌 Siyosiy-ma’rifiy soati”,
📌2023- yil 16- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) video yozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 541-son qarori qabul qilindi.
📌2023- yil 16- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-337-son qarori qabul qilindi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.