27/10/2023

Joriy yilning 27- oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya nimadan boshlanadi” mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov so'zga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil soʼz yuritdi.
Tadbirda statistika tizimidagi faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida bir nechta savollar tushdi. Savollarga maʼruzachilar keng va hayotiy misollar bilan tushuntirib javob berdi.